NASA Yupiterda yuz bergan bo‘ron suratini e'lon qildi
NASA Yupiterning janubiy ekvatorial halqasida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy qizil bo‘ronlar fotosuratini e'lon qildi.
Surat Juno kosmik kemasi yordamida olindi.
Suratda yirik bo‘ronga ikkita kichikroq "bo‘ronchalar" hamrohlik qilayotgani aks etgan. Olimlar bu hodisani Quyosh tizimidagi eng yirik atmosfera bo‘roni – Katta qizil dog‘ bilan chalkashtirmaslik kerakligini ta'kidlashmoqda.
Haligacha o‘rganilmagan "xromofor" kimyoviy moddasi hisobiga bo‘ron "qizil-jigarrang" tusga kiradi.
Juno Yupiterni o‘rganish uchun 2011 yil 5 avgustda uchirilgan va 2016 yil iyulda sayyora orbitasiga kirgan. Uning yordamida sayyoraning gravitatsion va magnit maydonlari o‘rganiladi hamda Yupiterda qattiq yadro mavjudligi haqidagi taxmin tekshirib ko‘riladi.
Mavzuga oid
00:18 / 02.09.2024
NASA kosmosda quyosh yelkanini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
23:11 / 24.08.2024
NASA fazodan Yerga qayta olmayotgan astronavtlar taqdiriga oydinlik kiritdi
12:10 / 16.08.2024
NASA ikki astronavtni Yerga qaytarish haqidagi masala ustida ishlamoqda
16:27 / 13.08.2024