AQShda Rossiya va BMTni rossiyalik jurnalistlar o‘limini tergov qilishga chaqirishdi
«Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi» Xalqaro tashkiloti (CPJ) Markaziy Afrika Respublikasi (MAR), Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkilotini uch nafar rossiyalik jurnalistning MARda o‘ldirilishini har tomonlama tekshirishga chaqiradi. Bu tashkilotning bayonotida aytiladi.
«Orxan Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radchenkoning o‘limida aybdor bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortilishi kerak», - deyiladi bayonotda.
Qo‘mitadan qo‘shimcha qilishlaricha, MAR, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiylari jiddiy tekshiruv o‘tkazishi va «jurnalistlarning o‘ldirilishi jazosiz qolmasligi»ni isbotlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Afrika Respublikasida uch nafar rossiyalik jurnalist o‘ldirilgani, ular «Vagner» guruhi haqida film olayotgan bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:45
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30