Iqtisodiyot | 16:06 / 03.08.2018
16005
2 daqiqa o‘qiladi

Dollardagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidan beri birinchi marta o‘sdi

Foto: Oleg Xarseyev / Kommersant'

AQSh dollaridagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidan beri birinchi marta oshdi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

1 yilga qadar muddatli barcha omonatlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi iyun oyida 3,7%ni tashkil etdi (may oyida 3,6% va aprel oyida 3%). 1 yildan ortiq - 4,2% (avvalgi ikki oy 4% bo‘ldi).

Jismoniy shaxslar uchun stavka 3,8%gacha oshdi (may oyida 3,7%, aprelda 3% edi). Bu yerda 90 - 180 kunlik muddatga omonatni ochish eng foydali bo‘ladi - 4,3% (may oyida 3,8%).

Yuridik shaxslar uchun stavka 4,7%ga yetdi (may oyida 3,7%, aprel oyida 3,8%). Bu yerda 180 - 365 kunlik muddatga omonat ochish eng foydali bo‘ladi - stavka 5,1% (may oyida 3,4%).

Shunga mos ravishda, so‘mda omonatlar bo‘yicha o‘rtacha stavka tushib ketdi - jismoniy shaxslar uchun 15,3% va yuridik shaxslar uchun 11,4%. Taqqoslash uchun, may oyida stavkalar mos ravishda 15,5% va 13,1%ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston valyuta birjasida dollar va yevro haftani pasayish bilan yakunlayotgani xabar qilingdandi.

Mavzuga oid