Jahon | 20:44 / 04.08.2018
16845
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari asfalt o‘g‘risini qo‘llab-quvvatlashdi

Omskda noma'lum shaxs asfalt o‘g‘irlayotgani haqidagi videotasvir «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlardan birida e'lon qilindi. Tasvirda u belkurak bilan yangi yotqizilgan qoplamani ko‘chirib olayotgani aks etgan. Aksariyat foydalanuvchilar uning bu ishini qoralamadi.

Ayrimlar u o‘g‘irlagan asfaltni uyi yaqinidagi yo‘lda anchadan buyon yamalmayotgan biror chuqurni to‘ldirishni rejalashtirgan degan taxminni bildirishdi. 

Ayrimlar esa bu voqeani tasvirga olgan kishiga e'tiroz bildirishdi.

«Nega unga qarshilik bildirmading? Ertaga u hosil qilgan chuqurga tushmaslik uchun uning adabini berishing kerak edi. Yashirinib tasvirga olib qahramonlik qildingmi?», —deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Rossiyada yo‘llarning sifati eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 

Mavzuga oid