Jamiyat | 19:43 / 04.08.2018
8330
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi maxsus texnikalar yig‘ish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 3 avgust kuni Ziyolilar ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Krantas group” MChJga qarashli maxsus texnikalarni yig‘ish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida sexning ichki va tom qismlari yonib zarar ko‘rgan. 

Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid