Jahon | 11:16 / 06.08.2018
10263
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya qiruvchilar Iturupda joylashtirilgani sababli Rossiyaga protest bildirdi

Foto: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi

Yaponiya janubiy Kuril orollarida qiruvchi samolyotlar joylashtirilgani tufayli Rossiya tomoniga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan haftada Yasniy aeroportida Rossiyaning Su-35S ko‘p nishonli qiruvchi samolyotlari ekipaji tajriba-jangovar navbatchilikka kirishgan.

Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suganing so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya tomoni da'vogarlik qilayotgan Iturup orolida qiruvchilarning joylashtirilishiga qarshi protest Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga 3 avgust kuni yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya telefonlar tufayli Rossiyaga protest bildirgandi.

Mavzuga oid