Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sirtqi bo‘limi uchun ijodiy imtihonlar boshlandi
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sirtqi bo‘limi uchun ijodiy imtihonlar boshlandi. Sirtqi bo‘lim uchun imtihonlar ijodiy va test sinovlaridan iborat bo‘lib, bugun ijodiy imtihonning birinchi bosqichi - suhbat bo‘lib o‘tdi.
2018-2019 o‘quv yili uchun belgilangan qabul kvotasiga asosan, universitet sirtqi bo‘limiga 2ta yo‘nalish: Teleradiojurnalistika va Bosma OAV jurnalistikasi bo‘yicha 50 (30 nafar o‘zbek, 20 nafar rus guruhlariga) o‘rin ajratilgan.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo‘limda o‘qish istagini bildirgan 190 abituriyentdan hujjat qabul qilgan.
Sirtqi bo‘lim abituriyentlari endi yozma ijodiy imtihon va 2ta fan asosida test sinovlarini topshiradilar.
Mavzuga oid
16:40 / 28.08.2024
Xitoyda 47 yoshli ota 18 yoshli o‘g‘li bilan birga universitetga o‘qishga kirdi
07:05 / 17.08.2024
O‘zbekistonda ilk bor nemis tili universiteti tashkil etilishi mumkin
12:11 / 08.08.2024
Farg‘onada 6,6 ming dollarga 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi qo‘lga olindi
08:11 / 27.07.2024