O‘zbekiston | 17:44 / 30.08.2018
4732
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi va Oliy o‘quv yurtlaridan biri o‘rtasida memorandum imzolandi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan BMTning Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida ilmiy - nazariy va amaliy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk bor hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foto: Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Yerga ishlov berish texnologiyasi, aniqrog‘i, tuproqni himoyalovchi resurs tejamkor texnologiyalarini yanada keng joriy etish bo‘yicha klaster yaratish loyihasi ham memorandumning asosiy maqsadlaridan biridir.

Shuningdek, xalqaro konferensiya va turli yo‘sindagi seminarlar tashkil etish ham memorandumning tarkibiga kiradi.

Joriy yilning 5 - 7 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiya ham ana shu hamkorlik memorandumining amaldagi ijrosidir. Unda 70 ga yaqin xorijiy davlatdan tashrif buyuradigan mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Memorandumni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori professor O‘.Umurzakov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakili yordamchisi Alisher Shukurov imzolashdi.

Mavzuga oid