Fan-texnika | 17:06 / 31.08.2018
5837
2 daqiqa o‘qiladi

Tunnelda dunyodagi ilk “smart” issiqxona tashkil etildi

Janubiy Koreyadagi kompaniyalardan biri tunnelda ilk “smart” fermani tashkil etdi. O‘tgan yili Janubiy Koreya hukumatidan ijaraga olingan 48 yillik tunnelda qurilgan yuqori texnologiyali vertikal o‘simlik issiqxonasi “NextOn” kompaniyasi tomonidan bunyod etildi. 

Foto: AP 

Seul janubidan 190 km uzoqlikda joylashgan tunnel LED yorug‘ligi bilan jihozlangan. Bu orqali o‘simliklar tuproqsiz, vertikal holda o‘sishi mumkin. Ferma 2300 metr kvadrat maydoniga ega. 

“NextOn” bosh texnologiya ofitseri Deyv Sux loyiha haqida shunday dedi: “Ushbu yopiq issiqxona kelajak innovatsiyasining yorqin namunasidir. Tunnel sharoiti o‘simlikning yil davomida o‘sishi uchun tabiiy haroratni ta'minlab bera oladi. Oy oxirigacha bu kabi ko‘plab issiqxonalarni tashkil etmoqchimiz”.

O‘simlik uchun yaratilgan ichki xaytek sharoitlari suv va energiya sarfini ancha kamaytirishga yordam beradi. 

Foto: AP 
Foto: AP 
Foto: AP 

Mavzuga oid