Sport | 17:24 / 03.09.2018
5564
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U21 terma jamoasi Xitoyda dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston U21 terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketgan edi.

3 sentabr kuni futbolchilarimiz Kunmin shahrida dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi, deb xabar beradi O‘FA sayti. 

Bosh murabbiy Sunnatilla Abdurasulov musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi futbolchilarni olib ketdi:
1. Ilhomjon Alijonov
2. Abdulla Abdullayev
3. Husniddin Aliqulov
4. Umidjon Ergashev
5. Husniddin G‘ofurov
6. Sanjar Qodirqulov
7. Abubakr Muydinov
8. Suhrob Nurilloyev
9. Oybek Rustamov
10. Rasul Yo‘ldoshev
11. Nurillo To‘xtasinov
12. Umidjon Hamroyev
13. Islom Rashidxonov
14. Farrux Ikromov
15. Abrorbek Ismoilov
16. Sherzod Nasrullayev
17. Jahongirbek Abdusalomov
18. Xudoyorxon Sa'dullayev
19. Shohruh Mahmudhojiyev
20. Avazbek O‘lmasaliyev

O‘zbekiston U21 xalqaro musobaqadagi dastlabki o‘yinni 4 sentabr kuni Tojikistonga qarshi o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, turnirda Myanma U21 va Xitoy U21 terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Mavzuga oid