Xorazmda “Lasetti” ag‘darilib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2018 yilning 4 sentabr kuni Farg‘ona viloyatida yashovchi O.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lining 510-km.da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
Natijada avtomashina haydovchining turmush o‘rtog‘i N.A. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024