Jamiyat | 12:34 / 07.09.2018
17529
1 daqiqa o‘qiladi

Oyoqsiz kishi va qo‘shimcha «oyoqli» erkak to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga tushib qoldi

Amerikaning KSEE24 telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida ikki kishi yugurib o‘tdi, ulardan birining qo‘lida oyoq protezi bo‘lgan, boshqasi esa bir oyoqda sakrab, unga yetib olishga harakat qilgan. Video @andrewmachadhoe taxallusi ostidagi Twitter foydalanuvchisi tomonidan e'lon qilindi.

Hodisa paytida telekanal muxbiri Endryu Marden (Andrew Marden) kadrda edi. U Kaliforniya shtati, Fresno shahri stadionidagi so‘nggi uchrashuv haqida gapirib berayotgandi.

Twitter’da rolikni 1,2 milliondan ortiq marotaba tomosha qilishdi. Keyinchalik Mardenning tan olishicha, orqasida nima sodir bo‘layotganini tushunmagan ham.

 

Mavzuga oid