Sport | 15:05 / 12.09.2018
11709
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Modrichga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Foto: Getty Images

«Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong Ispaniya transfer bozorida talabgir futbolchilardan biri bo‘lib turibdi, deb yozadi El Desmarque.

21 yoshli ushbu futbolchiga «Barselona»ning da'vogar ekani hech kimga sir emas. Kataloniya klubi ancha vaqtdan buyon Frenki uchun kurashib kelmoqda. Manba yangiligiga ko‘ra, endilikda u uchun «Real» klubi ham raqobatga kirishadi. «Qaymoqranglilar» Niderlandiya terma jamoasining ushbu a'zosiga «Inter»ga o‘tishni istayotgan Luka Modrichning o‘rinbosari sifatida qarashmoqda.

Amsterdam klubi o‘tgan yozda de Yongni «Barsa»ga sotmagan, bunga yana bir mavsumdan so‘ng futbolchining transfer qiymati yanada ko‘tarilishi mumkinligi sabab ekani aytilgandi. Shuningdek, «Ayaks» ushbu yarimhimoyachisini «Tottenhem»ga 50 million yevroga sotmagani haqida ham mish-mishlar bor.

Mavzuga oid