O‘zbekiston | 23:54 / 19.09.2018
9050
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi faoliyat yurita boshladi. 

Muzey Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.

Muzey keng jamoatchilik uchun dushanbadan jumagacha o‘z faoliyatini olib boradi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar oldindan ro‘yxatni taqdim etishlari lozim, chunki muzey Ichki ishlar vazirligi hududida joylashgan.

Muzey ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli faoliyatini mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatish, ularning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirishni maqsad qilgan.
 

Mavzuga oid