Insoniyatning BMTga ishonchi yo‘qoldi – Erdo‘g‘an
Insoniyatning BMT nizolarni hal qila olishiga ishonchi yo‘qoldi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Yaqin Sharqda va Falastinda davom etayotgan ixtiloflar buni yana bir bor isbotlaydi. U BMT jiddiy islohotlarga ehtiyoj sezayotganini aytgan.
“Dunyo BMT Xavfsizlik kengashining 5 nafar doimiy a'zosiga bog‘liq bo‘lmasligi lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti insoniyat xavfsizligi uchun dunyoda tinchlikni tiklash lozim va Turkiya buning uchun barcha ishni qilmoqda, deb aytgan. Uning ta'kidlashicha, Turkiya dunyodagi mojarolarni hal qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
“Ayni vaqtda Turkiya hududida 3,5 mln suriyalik muhojir bor. Turkiya ularni o‘z mablag‘lari hisobiga saqlamoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024