Jahon | 15:15 / 25.09.2018
11685
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: FXX Petrov va Boshirovning shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqishini tekshirmoqda

Foto: Russia Today

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rossiyaliklar Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovning shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqishi bilan bog‘liq holatni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bu haqda «Rosbalt» vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap xorijga chiqish pasportlarini olish uchun ularning anketasi hamda chegaralarni kesib o‘tishgani haqidagi ma'lumotlarining e'lon qilinishi borasida ketmoqda. Petrov va Boshirovning anketalari hamda boshqa hujjatlarini sotib yuborgan odamlar qidirilmoqda.

Manba so‘zlariga ko‘ra, ayni damda anketalarning sizib chiqishi IIV yo‘nalishi bo‘yicha ro‘y bergani, buni qilgan xodim esa kimning hujjatlarini sotayotganini bilmagani ma'lum bo‘lib turibdi. Shuningdek, manbaning qayd etishicha, «sizib chiqish»ga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan «juda jiddiy choralar» ko‘riladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Petrov va Boshirov haqida yangi ma'lumot paydo bo‘lgani, ular muqaddam Niderlandiyada hibsga olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid