O‘zbekiston | 21:15 / 28.09.2018
182977
5 daqiqa o‘qiladi

Inoyatovdan Usmonovgacha. Senatning 16-yalpi majlisi qanday o‘tdi?

​27-28 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Bu galgi yalpi majlisda saylangan yangi senatorlar ishtirok etishdi. Xususan, Buxoro viloyatidan Shuhrat Cho‘liyev, Jizzax viloyatidan Ergash Soliyev, Namangan viloyatidan Mavluda Imomova, Odiljon Mamatkarimov, Baxtiyor Umarov, Navoiy viloyatidan Jamshid Xodjayev, Sirdaryo viloyatidan Ulug‘bek Sotiboldiyev, Surxondaryo viloyatidan Abduqodir Toshqulov, Qashqadaryo viloyatidan Ro‘ziboy Saidov va Toshkent shahridan Jahongir Ortiqxo‘jayev Senatda tanishtirildi. 

Bugun, 28 sentabr kuni o‘z ishini yakunlagan Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi davomida jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlash va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan 21ta masala, shu jumladan 14ta qonun ko‘rib chiqilib, ma'qullandi. 

«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidandir. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev
Toshkent shahri hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev

Shuningdek, muhokamalar yakunlari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning, joylardagi ijro hokimiyati organlarining mas'uliyatini oshirishga qaratilgan hamda tezkor ravishda hal etilishi taqozo etadigan muhim masalalar yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Jumladan, qishloq xo‘jaligida norasmiy bandlik darajasini qisqartirish hamda ishchilarni ijtimoiy himoyalash, shu bilan ularning pensiya ta'minoti kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha davlat nazoratining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborildi. 

Senatorlar Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini ham eshitishdi. 

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi
Batir Matmurodov
Prezidentning islohotlarni huquqiy ta'minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Inoyatov
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov
Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev
Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev
Oila markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova
Qahramon Quronboyev va Rustam Inoyatov
Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muxamet Jumagaldiyev
Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Svetlana Ortiqova
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Reglament va odob komissiyasi raisi Iqbol Mirzaaliyev 
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov
Doimiy asosda ishlovchi senator Valeriy Tyan
Mirabror Usmonov
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Senat Raisi o‘rinbosari Musa Yerniyazov

RShTYoIM Jizzax filiali Ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi, senator Gulnora To‘rayeva
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov
Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori –
O‘zbekiston MTRKning hududiy teleradiokompaniyalar bo‘yicha maslahatchisi Muhammadjon Maqsudov
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a'zosi,
Zangiota tumani 19 – qishloq oilaviy poliklinika mudiri Maqsuda Vorisova

Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rahbariyati
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tolib Madumarov
Bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi Jamshid Xodjayev
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari o‘rinbosari Bahriddin Xolmatov 

 

Mavzuga oid