Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistonga suv sotishni taklif qildi
Qirg‘iziston parlamenti deputati Kenjyebek Bokoyev Vazirlar Mahkamasiga qo‘shni davlatlarga suv sotishni taklif qildi. Bu haqda Nur xabar bermoqda.
«Talas viloyatidagi Kirov suv omborida 2 ming gektar yer suv ostida qoldi. Biz esa u yerda suvni to‘plab, Qozog‘istonga bermoqdamiz. Umuman olganda, Qozog‘iston va O‘zbekiston suv omboridan suvning 90 foizini bepul ishlatmoqda. Vazirlar Mahkamasi ulardan to‘lov olish bo‘yicha masalani o‘rganib chiqishi kerak», - deya hisoblaydi u.
Shuningdek, siyosatchining ta'kidlashicha, Talas viloyatining o‘zida sug‘orish holati yetarli emasligi sababli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymati keskin tushib ketdi, natijada agrarchilarning ishi o‘zini oqlamayapti.
Shu bilan birga, Qozog‘iston suv iste'moli evaziga yiliga 70 mln tenge miqdorida mablag‘ hisobidan obektni ta'mirlaydi, biroq Qirg‘iziston tomoni ushbu mablag‘lar kamligini ta'kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda joylashgan Kirov suv ombori 1975 yilda qurilgan. Obekt 550 million kub metr suvni sig‘dirishi mumkin. Qirg‘iziston undan suvning 12 foizidan ko‘prog‘ini sarflaydi, qolgani esa Qozog‘iston tomonidan iste'mol qilinadi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024