APL. «Manchester Yunayted» autsayderga yutqazdi
Angliya Premer-Ligasi 7-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Manchester Yunayted» safarda mavsum autsayderlaridan biri «Vest Hem» mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda 1:3 hisobida yutqazdi.
5-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Anderson hisobni ochdi, bo‘lim so‘ngida Lindelyof o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 71-daqiqada Reshford hisobdagi farqni qisqartirgan edi. Biroq, oradan 3 daqiqa o‘tgach Arnautovich jamoasining 3-to‘pini darvozaga yo‘lladi.
Bu natijadan so‘ng, «MYu» 10 ochko bilan 8-o‘rinda, «Vest Hem» esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
APL, 7-tur
29 sentabr, «Olimpiya stadioni»
Vest Hem – Manchester Yunayted 3:1
Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelyof, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.
Vest Hem – Fabianski, Diop, Balbuena, Masuaku, Rays, Felipe Anderson, Nobl, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Obiang, Arnautovich (Antonio, 83), Sabaleta.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef (Reshford, 57), Pogba (Fred, 70), Matich, Fellayni, Maktomini, Marsial (Mata, 71), Lukaku.
Ogohlantirish: Yang (78).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
13:53 / 29.08.2024