Fransiya xorijiy legioni jangchilari o‘zbek snayperlari uchun trening o‘tkazishdi
Fransiya xorijiy legioni mutaxassislari «Forish» poligonida o‘zbek mergan-yo‘riqchilari uchun trening o‘tkazishdi, deya xabar beradi Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi.
«Toshkentdagi Fransiya elchixonasining mudofaa masalalari bo‘yicha missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun mergan-yo‘riqchilarni tayyorlash bo‘yicha trening tashkillashtirdi», - deyiladi xabarda.
Fransiyaning xorijiy legioni 13-yarim brigadasidan bo‘lgan mutaxassislar kelajakda o‘zbek yo‘riqchilarni merganlik otishmasi bo‘yicha o‘qitish uchun «Forish» poligoniga yetib kelishdi.
Ta'kidlanishicha, trening «do‘stona muhitda o‘tkazildi va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari bu yo‘nalish bo‘yicha Fransiya armiyasining ko‘nikmalarini baholashga muvaffaq bo‘ldilar».
Mavzuga oid
12:10
Ukraina harbiy uchuvchilari Fransiyada tayyorgarlikni yakunladi
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
15:24 / 12.09.2024
Telegram Fransiya politsiyasining so‘rovlariga javob berishni boshladi – Liberation
09:28 / 06.09.2024