Siemens Saudiya Arabistoni bilan 20 mlrd dollarlik shartnomani imzolashni keyinga qoldirdi
Siemens kompaniyasi jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi bilan bog‘liq mojaro sababli Saudiya Arabistonidagi iqtisodiy forumni o‘tkazib yuborishga qaror qildi. Bu esa kompaniya tomonidan Saudiya Arabistonida elektr stansiya qurish bo‘yicha shartnomaning imzolanishining keyinga qoldirilishiga olib keldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, gap 20 mlrd dollarlik shartnoma haqida ketmoqda. Avvalroq ushbu shartnoma joriy haftada Ar-Riyoddagi Future Investment Initiative forumida imzolanishi mo‘ljallangandi.
Shu bilan birga agentlikning vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirishicha, kompaniya ijrochi direktori Jo Kezerning forumga kelmagani loyihadan voz kechilganini anglatmaydi, biroq uning keyinga qoldirilishiga olib keladi.
Bloomberg’ning ta'kidlashicha, Siemens’da shartnomaning taqdiri bo‘yicha izoh berilmagan.
Mavzuga oid
19:43 / 29.09.2024
Saudiya Arabistonida 2024 yilda qancha inson qatl etilgani ma’lum bo‘ldi
12:40 / 27.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024