Internet orqali 14 mln so‘mni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21 oktabr kuni Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu yil 17 oktabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so‘m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma'lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi Sh.P. elektron ijtimoiy to‘lov tarmog‘i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlanib, Sh.P. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
09:25 / 05.09.2024
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 26.08.2024