Xitoy orbitaga global navigatsiya tizimining 41-sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy Beidou-3 sun'iy yo‘ldoshiga ega “Chanchjen-3B” raketasini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi. Ushbu sun'iy yo‘ldosh Xitoy tomonidan yaratilgan Beidou global navigatsiya tizimining 41-sun'iy yo‘ldoshi bo‘ldi.
Raketa 1 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 23.56da Sichan kosmodromidan uchirilgan. Birozdan keyin sun'iy yo‘ldosh raketadan ajralib, belgilangan orbitaga chiqqan. Sun'iy yo‘ldosh bir qator sinovlardan keyin tizimga ulanadi va avval uchirilgan boshqa sun'iy yo‘ldoshlar bilan birga ishlay boshlaydi.
Beidou Xitoy tomonidan yaratilayotgan global navigatsiya tizimi bo‘lib, AQShning GPS va Rossiyaning GLONASSiga raqobatchi bo‘ladi. 2020 yilga qadar tizim butun dunyo bo‘ylab navigatsiya xizmatlarini ko‘rsata boshlashi rejalashtirilgan.
Ushbu parvoz “Chanchjen” raketalari oilasi uchun umumiy hisobda 290- va joriy yildagi 30-parvoz bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
00:32 / 18.08.2024
Britaniya birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi
09:12 / 10.08.2024
Xitoyga tegishli raketa orbitada parchalanib, kosmik chiqindini hosil qildi
08:15 / 28.05.2024