Apple talab kamligi bois iPhone XR smartfonlarini qo‘shimcha ishlab chiqarmaydigan bo‘ldi
Amerikaning Apple korporatsiyasi talab kamligi sababli iPhone XR smartfonlarini qo‘shimcha ishlab chiqarishni bekor qildi, shu bilan birga iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellariga buyurtmalarni oshirdi, deb yozmoqda Yaponiyaning Nikkei gazetasi.
"Foxconn dastlab XR modeli uchun 60ga yaqin yig‘uv liniyasini tayyorlagandi, ammo talab kamligi sababli ulardan 45ga yaqinigina ishlab kelmoqda", — degan vaziyatdan xabardor manba.
Shu tarzda Foxconn ushbu modeldagi smartfonlarni kuniga 100 mingtaga kamroq ishlab chiqaradigan bo‘lgan.
Bundan tashqari, iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellariga 5 millionta ko‘proq buyurtma tushgan.
"Apple avvalroq ushbu chorakda iPhone eski modelidan 20 millionta ishlab chiqarishni rejalashtirgandi, ammo bu raqam 25 milliontaga oshirildi", — degan manba.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024