Samarqand viloyatining sobiq hokimlari: ular hozir nima ish bilan band?
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayev 7 noyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
2010 yilning 17 dekabridan 2016 yilning 15 dekabrigacha Samarqand viloyatini boshqargan Zoyir Toirovich Mirzayev ayni paytda tuman hokimi vazifasiga tayinlangan uchinchi sobiq Samarqand viloyati hokimi bo‘lmoqda.
Ungacha 2006 yilning dekabridan 2008 yilning apreligacha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A'zamxon Usmonovich Bahromov avval Qo‘shrabot tumani hokimi (04.09.2017 – 11.11.2017) va 2017 yil 11 noyabrdan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasiga tayinlangan edi.
2016 yilning 23 dekabridan 2017 yilning 12 iyuniga qadar Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev 2017 yilning 11 noyabridan buyon Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida ishlamoqda.
Xo‘sh, mustaqillik yillarida Samarqand viloyat hokimligiga tayinlangan rahbarlar ayni paytda nima ish bilan band?
KUN.UZ ochiq manbalardan to‘plagan ma'lumotlarga ko‘ra, viloyatga rahbarlik qilgan sobiq amaldorlarning ko‘pi hamon davlat ishida ishlashmoqda. Ularning orasida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.
- Po‘lat Majidovich Abdurahmonov (1992 yil, yanvar — 1995 yil, noyabr) — nafaqada
- Alisher Mardiyevich Mardiyev (1995 yil, noyabr — 1998 yil, oktabr) — nafaqada
- Erkin Mahmudovich Ro‘ziyev (1998 yil, oktabr— 2001 yil, sentabr) — nafaqada
- Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (11.09.2001 — 11.12.2003) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
- Rustam Ibragimovich Xolmurodov (16.12.2003 — 09.07.2004) — SamDU rektori
- Mamarizo Berdimurotovich Nurmuratov (10.07.2004 — 12.2006) — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
- A'zamxon Usmonovich Bahromov (2006 yil, dekabr — 2008 yil, aprel, vvb) — Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi
- O‘ktam Isayevich Barnoyev (15.04.2008 — 17.12.2010) — Buxoro viloyati hokimi
- Zoyir Toirovich Mirzayev (17.12.2010 — 15.12.2016) — Sharof Rashidov tumani hokimi
- Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev (23.12.2016 — 12.06.2017) — Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hokimi
- Turobjon Ikromovich Jo‘rayev (13.06.2017 — 2018 yil, iyul) — tergovda
- Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov (2018 yil 13 iyuldan) — Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.
Mavzuga oid
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
22:35 / 16.10.2024