O‘zbekiston | 21:14 / 13.11.2018
6867
4 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati FVB kuchlarining ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi «Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy yilning 12 noyabr kuni Samarqand shahridagi SamMI klinikasining yonidagi ochiq maydonda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqida asosiy e'tibor viloyat FVDqT xizmatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning 2018-2019 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazishga jalb etiladigan kuch va vositalarning tayyorgarlik holatini tekshirish, aholi va hududlarni gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta'minoti (ko‘mir) bilan ta'minlanishi holatini yaxshilash, aholiga to‘g‘ri va samarali tarqatilishi, ular tomonidan foydalanish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishida amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi.

O‘quv mashqining amaliy bosqichida Samarqand viloyati hududiy gaz ta'minoti filiali va «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ, viloyat FVB Qutqaruv otryadi, IIB YoXB  va tez tibbiy yordam brigadasi kuch va vositalarining yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

Jumladan, viloyat FVB Qutqaruv otryadi va Tez tibbiy yordam xizmati kuch va vositalarining aholi xonadonida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan zaharlanish holatini bartaraf etish hamda jabrlanganlarni qutqarish ishlari namoyish etildi.

Viloyat hududiy gaz ta'minoti filiali kuch va vositalarining ko‘p qavatli uyning old qismidagi gaz taqsimlash maskanida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya holatini bartaraf etish yuzasidan amaliy harakati sinovdan o‘tkazildi.

«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ kuch va vositalarining yuqori kuchlanishli podstansiyada elektr energiyasi uzilishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishdagi amaliy harakatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi kuch va vositalarining tabiiy gaz quvuridagi avariya natijasida kelib chiqqan yong‘inni artaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazilib, mazkur xizmatlarning amaliy bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

«SamAuto» MChJ avtoturargohi hududida o‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida jami 728 kishi va 154 ta texnika ishtirok etdi.

Yakunda viloyat FVB kuchlari, kommunal soha tashkilotlari, FVDqTning tegishli hududiy va funksional quyi tizim xizmatlari kuch va vositalari 2018-2019 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalda bajarishga tayyor, deb baholandi.

Bardoshbek Samad o‘g‘li, 
KUN.UZ muxbiri.

Mavzuga oid