Saratovda poyezd va avtobus to‘qnashuvida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma'lum qilindi
Rossiyaning Saratov oblastida yuk poyezdi va avtobus to‘qnashuvida halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma'lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yil 17 noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00larda Saratov oblasti Ozinskiy rayoni hududidan o‘tuvchi «Saratov – Uralsk – Qozog‘iston» avtomobil yo‘lining 225-kilometrida temir yo‘l poyezdi kesishmasida yuk poyezdi va «Setra» rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Mazkur YTH natijasida avtobus salonida bo‘lgan 7 kishidan 5 nafari (O‘zbekiston fuqarolari) voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafari (Qozog‘iston fuqarolari) tan jarohati olgan.
Halok bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxati:
1. Abdumannob Maxmutaliyevich Bozorov, 1975 yilda tug‘ilgan;
2. Alimardon Qosimaliyevich Egamov, 1986 yilda tug‘ilgan;
3. Gulxumor Jumaboyevna Qosimova, 1987 yilda tug‘ilgan;
4. Orzixon O‘ktamovna Xalilova, 1987 yilda tug‘ilgan;
5. Murodjon Yusupovich Zaidov, 1975 yilda tug‘ilgan.
Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqlik kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda
13:06 / 06.11.2024
Toshkentdagi avtobusga noma’lum shaxslar salon ayol va erkaklar uchun ajratilgani haqidagi posterni yopishtirib ketdi
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
09:55 / 15.10.2024