Jahon | 08:41 / 19.11.2018
8447
1 daqiqa o‘qiladi

APEC sammiti deklaratsiyasiga kim qarshi chiqqani ma'lum bo‘ldi

Foto: Fazry Ismail/Pool/AFP via Getty Images

APEC sammitining yakuniy deklaratsiyasi bilan bog‘liq tushunarsiz holat Xitoyning ushbu hujjatdagi iboradan norozi ekanligi bilan bog‘liq. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Pekin «Biz proteksionizm, jumladan, savdodagi barcha adolatsiz amaliyotlarga qarshi kurashishga kelishib oldik», degan iboraga qarshi chiqqan.

Qayd etilishicha, Xitoy vakillari bunday gap XXRning «savdo usullarini to‘sib qo‘yishi» haqida ma'lum qilganlar.

Shu bilan birga, sammitdagi qolgan barcha ishtirokchilar deklaratsiyaning dastlabki variantiga rozi bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens savdo urushi qanday shartda to‘xtatilishini aytgandi.

Mavzuga oid