Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx oshmoqda
Avtomobillarga quyiladigan metan gaz narxi ayrim hududlarda sezilarli ravishda qimmatladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyatida metan gazning 1 kub.m uchun 2200 so‘mgacha narx belgilangan, Samarqand viloyatida esa narx 2000 so‘mgacha etib ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga sotiladigan tabiiy gaz tarifi quyidagilardan tashkil topadi:
«O‘ztransgaz» AJ realizatsiya qiladigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxi - 1 kub.m uchun 289,74 so‘m;
tabiiy gazning ulgurji-sotish narxiga qo‘shiladigan maxsus investitsiya ustama haqi - 1 kub.m uchun 500 so‘m. Shunday qilib, ayni vaqtda yuqorida keltirib o‘tilgan tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 789,74 so‘mni tashkil qiladi.
Moliya vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 16 noyabridan boshlab avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 800 so‘m (QQS bilan) miqdorida o‘rnatildi. Shunday qilib, stansiyalarda tabiiy gaz tarifi o‘sishi 1 kub.m uchun 10,26 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, o‘rnatilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o‘zgarmadi va avvalgi darajada saqlanib qolindi.
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, tabiiy gaz tarifining sezilarsiz o‘sishini, hamda o‘rnatilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o‘zgarmasligini inobatga olib, Moliya vazirligi tomonidan avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazning ulgurji narxi oshishi kutilmayapti», - deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i siyosatidagi narxi o‘zgarishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:07 / 07.11.2024
Tadbirkorlarga gaz bo‘yicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
11:50 / 01.11.2024
Yevropa gaz omborlari deyarli to‘liq to‘ldi
07:32 / 01.11.2024