Jahon | 08:55 / 03.12.2018
13371
1 daqiqa o‘qiladi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori dunyo mamlakatlariga chaqiriq bilan chiqdi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktori Kristin Lagardning ma'lum qilishicha, savdo bojlarini oshirish jahon yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda rivojlanayotgan bozorlarga bosim tobora ortib boryapti.
Lagardning qayd etishicha, savdo bojlari iqtisodiy o‘sishning pasayishi tahdidini yanada oshirib yuboradi.
Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori mamlakatlarni savdo sohasidagi keskinlikni kamaytirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda non va energiya tashuvchilar narxining oshishiga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
07:40 / 13.07.2022
Hakerlar Angela Merkelning mobil raqami orqali Kristin Lagardni kuzatishga uringan
15:56 / 16.07.2020
XVJ jahon iqtisodiyoti xavf ostida qolayotganligini bildirdi
08:21 / 04.07.2020
YeMB yangilangan yevro banknotalarni ko‘rsatdi
17:32 / 19.06.2020