Jahon | 07:39 / 18.12.2018
3071
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Foto: Adam Rountree / AP

BMT Bosh assambleyasi 17 dekabrda Rossiya tomonidan taklif qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish” deb nomlangan rezolyutsiyani qabul qildi. 

“Rezolyutsiya dolzarb global tahdidlardan biri bo‘lgan kiberjinoyatchilik muammosiga javob izlashni boshlashga turtki beradi”, deyilgan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida.  

Ta'kidlanishicha, “birinchi bosqichda BMT Bosh assambleyasida BMT bosh kotibini jalb qilgan holda bu mavzuda siyosiy-huquqiy munozarani boshlash ko‘zda tutilgan”.   

Rossiya tomonining ma'lum qilishicha, rezolyutsiya 36 ta davlat hammuallifligida yaratilgan. 

“Rossiya tashabbusi KXShT va ShHT, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. E'tiborlisi, rezolyutsiya qabul qilinishiga AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlari qarshi chiqdi. Ko‘rinishicha, ular bu sohadagi umumiy yechimlardan manfaatdor emas”, deb qo‘shimcha qilingan Rossiya vakolatxonasida.

Mavzuga oid