Sport | 18:33 / 31.12.2018
19445
1 daqiqa o‘qiladi

Meyvezer yangi yil oqshomida yaponiyalik kikbokschi bilan o‘tkazadigan jangi uchun qancha pul olishini ma'lum qildi

Foto: MTRK MIR

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavaga qarshi o‘tkazgan jangi uchun 9 mln dollar oladi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi va bu jangni «yengil sayr» deb atadi.

Jang 31 dekabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tadi. U uch daqiqadan uch raund davom etadi. Raqiblarga zarba berish uchun oyoqlardan foydalanish taqiqlanadi. 

Amerikalik bokschi professional faoliyati davomida bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U oxirgi marta irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid