Jamiyat | 00:31 / 02.01.2019
45123
1 daqiqa o‘qiladi

Bollivud afsonalaridan biri hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Getty Images

Kanadada afsonaviy hind aktyorlaridan biri Qodir Xon 82 yoshida vafot etdi. NDTV telekanalining ma'lum qilishicha, aktyor 31 dekabrda og‘ir kasallikdan davolanayotgan shifoxonada vafot etgan. 

Qodir Xon Bollivudning 1970-1990-yillardagi eng mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan. 1937 yilda tug‘ilgan aktyor 300 dan ko‘proq filmda suratga tushgan, ssenariynavis va kinofilmlar uchun dialoglar muallifi sifatida ishlagan. Aktyor ayniqsa yovuz kishilar rollarini ijro etishi bilan tanilgan. Bundan tashqari, u komedik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etgan.   

Xon oilasiga Bollivudning ko‘plab yulduzlari va hind siyosatchilari o‘z ta'ziyalarini bildirishgan.

Qodir Xon “Abdulla” (Abdullah, 1980), "Mening ovozimni eshiting" (Meri Awaaz Suno, 1981), “Samrat” (Samraat, 1982), “Qasos o‘ti” (Khoon Bhari Maang, 1988) va boshqa filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar yodida qolgan.

 

Mavzuga oid