O‘zbekiston | 17:10 / 07.01.2019
36585
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr ta'minotidagi uzilishlar faqat vodiyda emas - Surxondaryoliklar ham qishni sog‘inmaydi

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston qishloq hududlarida qishning sovuq tunlarini odamlar qanday o‘tkazayotganiga doir «Qishloqda bir tun» loyihasi o‘tkazmoqda. 

Bu safar Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, «Ozod» mahallasi, Ayrig‘aza qishlog‘ida Turdi aka xonadonida bir kecha mehmon bo‘ldik. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Sho‘rchiliklarga ko‘ra, tumanda elektr ta'minoti bir kunda bir necha bor uzilmoqda. Bunga o‘zimiz ham guvoh bo‘ldik.

Turdi aka «qishda, xonalarimiz biroz sovuq, svet tez-tez o‘chib turibdi», deya biroz xijolat tortib, kameramiz chirog‘ida men uchun innovatsion pechkadagi «o‘tin»ga o‘t qaladi. 

Samarqanddan keltirilgan pechkaga yog‘och qirindilari va qipig‘ini zich qilib joylansa, 4 soatlar mobaynida xonani issiq saqlash mumkin. 

Ham arzon, ham gaz-ko‘mirga qaraganda xavfsizroq. Bir qop qipiq 8 ming so‘m – 4-5 kunga yetadi. 

Siz uyni isitishda nimadan foydalanasiz: gaz, ko‘mir yoki o‘tindan?

Mavzuga oid