O‘zbekiston Tomsk yog‘ochining asosiy importchisi bo‘ldi
2018 yilda Tomsk oblasti O‘zbekistonga yog‘och va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar umumiy eksportidan 43 foizni yetkazib berdi. Bu haqda RIA Tomsk Rosselxoznadzor vakili Vladislav Azarenkoga asosan xabar qilmoqda.
Xitoy ikkinchi eng yirik importchiga aylandi - u Tomsk yog‘ochining 35%ni sotib oldi. 2017 yilda O‘zbekiston va Xitoy Tomsk yog‘ochini deyarli bir xil hajmda qabul qilib olgan - mos ravishda 36% va 37%.
«O‘zbekiston uch yil avval xaridlar hajmini keskin oshira boshladi. 2018 yilda u Tomsk yog‘ochining 43 foizini import qildi va Xitoyni sezilarli darajada ortda qoldirdi», - deydi Azarenko.
2018 yilda Tomsk oblastidan qayta ishlanmagan yog‘och eksporti hajmi taxminan 58,5 ming kub metrni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolgani, Rossiya ikkinchi o‘rinda ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024
RFga import qiluvchilar soxta tranzit yordamida sanksiyalarni chetlab o‘tyapti
13:10 / 18.10.2024
Tomskda Stalin qatag‘onlari qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan ustunlar buzib tashlandi
15:00 / 16.10.2024