Jahon | 10:20 / 29.01.2019
7263
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy AQShning Huawei bo‘yicha ayblovlariga javob qaytardi
Xitoy TIV AQShning Huawei kompaniyasiga nisbatan rasmiy aybloviga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Vazirlikdan ma'lum qilishlaricha, Amerika tomoni davlat resurslaridan foydalanish hisobiga XXR kompaniyalariga ta'sir ko‘rsatmoqchi va qonuniy biznesni «bo‘g‘ib qo‘ymoqchi».
«Bu harakatlar ortida kuchli siyosiy sabablar bor», - dedi vazirlik vakili Gen Shuan.
Uning qayd etishicha, XXR o‘z kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Huawei’ga rasmiy ayblov bilan chiqqani, FTB Xitoy bunga aloqador emasligini ma'lum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024