Jamiyat | 17:01 / 31.01.2019
7186
1 daqiqa o‘qiladi

Do‘konga o‘g‘irlikka tushib, 12 mln so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

2019 yil 23 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi Z.K.ning do‘koniga eshigini buzib kirib, u yerdan 12 mln. so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga qaraganda, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Do‘stlik” MFY, Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi U.P. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid