Yaponiya Rossiyaning 4 ta orolini Kurilning bir qismi deb tan olishdan bosh tortdi
Yaponiya Kuril orollariga da'vogarlik qilmaydi, biroq Tokio Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai tizmasini arxipelagning bir qismi deb hisoblamaydi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kommunistik partiya raisi Kadzuo Siining parlament quyi palatasidagi chiqishiga izoh berish vaqtida aytib o‘tdi.
“Shimoliy hududlar davlatimiz suvereniteti amal qiluvchi orollar hisoblanadi. Bu borada o‘zgarishlar yo‘q”, deb aytgan Abe.
Abe Yaponiya Kurillarga huquqdan 1951 yilgi San-Fransisko tinchlik sulhiga ko‘ra voz kechgani va uning qaytarilishini talab qilmasligini aytgan.
Abe Rossiya bilan tinchlik kelishuvi tuzish istiqbollari haqida gapirib, hududiy masalaning hal qilinishi Yaponiya uchun muzokaralarning bosh bandi hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasida tinchlik kelishuvi yo‘qligi uzoq vaqtlardan beri bu ikki davlat muloqotiga putur yetkazib keladi. Yaponiya 1855 yilgi savdo va chegaralar haqidagi ikki tomonlama traktatga ishora qilgan holda yuqorida tilga olingan 4 orolga da'vogarlik qiladi.
1956 yilda Moskva tinchlik kelishuvi tuzilgandan keyin Xabomai va Shikotanning Yaponiyaga topshirilishi imkoniyati ko‘rib chiqilishiga rozi bo‘lgan. Sobiq ittifoq hududiy bahslarga nuqta qo‘yishni mo‘ljallagan, biroq Tokio barcha orollarga da'vogarlik qilishdan bosh tortishga rozi bo‘lmagan. Natijada kelishuv tuzilmagan.
Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, ushbu orollar Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra sobiq ittifoq tarkibiga kirgan va ularning Rossiyaga tegishliligi shubha ostiga qo‘yilmaydi.
2018 yil noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Sindzo Abe Singapurdagi uchrashuvdan keyin tinchlik kelishuvi va Kurillar masalasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni tezlatilishini e'lon qilishgan. Ayni vaqtda muzokaralar Tokio Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi sababli murakkablashgan.
Mavzuga oid
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
17:14 / 05.11.2024
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
22:37 / 04.11.2024
Yaponiya harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
22:55 / 02.11.2024