Sport | 09:43 / 01.02.2019
19258
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar terma jamoasi “nolegal” futbolchilarni jalb qilishda ayblandi

Foto: Ahmed Jadallah / Reuters

BAA futbol uyushmasi o‘z terma jamoasining Osiyo kubogi yarim finalida Qatardan mag‘lubiyatga uchrashi (0:4) bo‘yicha arz qildi. Bu haqda The New York Times nashri ma'lum qildi. 

Qatar terma jamoasi o‘z tarkibiga mamlakatdan tashqarida tug‘ilgan va Qatar hududida 18 yoshga yetgandan keyin tegishli 5 yil yashamagan ikki futbolchini jalb qilganlikda ayblandi. 

Terma jamoaning 22 yoshli hujumchisi Almuiz Ali Sudanda, 21 yoshli himoyachisi Basim Al-Ravi Iroqda tug‘ilgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi BAAdan bunday arz kelib tushganini va uni o‘rganayotganini tasdiqlagan.

29 yanvarda Qatar musobaqa mezboni BAAni 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Ushbu o‘yinda Ali gollardan biriga mualliflik qilgan. Finalda qatarliklar yaponlar bilan uchrashadi. Final o‘yini 1 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid