Sport | 22:19 / 06.02.2019
9029
1 daqiqa o‘qiladi

Kokorin va Mamayevning hibsdagi muddati uzaytirildi

Moskva shahrining Tverskoy sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy ustidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha mahkama o‘tkazdi.

Unda tergovchilarning iltimosnomasiga ko‘ra, ayblanuvchilarning hibsdagi muddatini cho‘zish masalasi ko‘rildi. Sud iltimosnomani qondirib, hibs muddatini 2 oyga uzaytirdi. Endi ayblanuvchilar 8 aprelga qadar tergov izolyatorida qoladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edilar. Keyinchalik, tergov ishlari yakunlanmagani uchun hibs muddati 8 fevralga qadar uzaytirilgandi.

Mavzuga oid