Jamiyat | 09:56 / 13.02.2019
15439
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz’ning Samarqand shahridagi muxbirlik bo‘limi ishga tushdi

1 fevraldan e'tiboran Kun.uz’ning Samarqand shahridagi muxbirlik bo‘limi ishga tushdi. Vakolatxona binosi Samarqand shahrining Ogahiy ko‘chasi 2-uy manzilidagi mo‘'jaz ikki qavatli binoda joylashgan.

Tahririyatning mazkur vakolatxonasi respublikamizning olti janubiy viloyati — Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatdan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish, intervyular tashkil etish, joylardan yangiliklar va xabarlarni saralab-tayyorlash, Bosh tahririyatga uzatish bilan shug‘ullanadi.

Tahririyatda Shuhrat Shokirjonov, G‘olib Abdusalomov, O‘tkir Jalolxonov va yana boshqa jurnalistlar faoliyat olib borishadi. Siz ko‘rsatib o‘tilgan ish vaqtlarida bemalol o‘zingizni qiynayotgan va qiziqtirgan masala bilan murojaat qilishingiz mumkin. Tahririyat xodimlari murojaat va masalalarning muhimligi, hayotiyligiga qarab joylarga chiqib o‘rganishadi.

Shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlardagi korxona hamda tashkilotlarning PR-materiallari, reklamalarini Kun.uz sayti, uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, jumladan, Telegram kanalida joylashtirish uchun buyurtmalar qabul qilinadi.

Kun.uz’ning Samarqanddagi vakolatxonasi manzili:

Samarqand shahri, Ogahiy ko‘chasi, 2-uy. (Mo‘ljal: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi Qorako‘lchilik ilmiy tadqiqot instituti ro‘parasida)

Ish rejimi: Soat 09:00 – 18:00. Yakshanbadan tashqari har kuni.

Telefon: (97) 912-87-38

Reklama va PR masalalari bo‘yicha:

Telefon: (91) 550-89-89 (O‘tkir Sayfiyev)

Mavzuga oid