Jahonning eng "sog‘lom" mamlakatlari nomi ma'lum qilindi
Blumberg agentligi mamlakatlarning aholi salomatligi bo‘yicha reytingini tuzdi.
Ispaniya o‘tgan yilgi reytingga nisbatan besh pog‘ona yuqorilab, ro‘yxat yetakchisiga aylandi.
Undan keyingi o‘rinni o‘tgan yili yetakchi bo‘lgan Italiya egalladi.
Yuqori o‘nlikka shuningdek, Islandiya, Yaponiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Avstraliya, Singapur, Norvegiya va Isroil kirdi.
Reyting Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT aholishunoslik bo‘limi va Jahon banki statistikasi asosida tuzilgan.
Mamlakatlarning reytingdagi o‘rnini belgilashda umr davomiyligi, sanitar va ekologik vaziyat, aholining tibbiy yordam, toza suv bilan ta'minlanganligi, chekuvchi va chekmaydiganlar soni hamda semirishdan aziyat chekayotgan aholi kabi omillar hisobga olingan.
Mavzuga oid
18:46 / 08.11.2024
Nonushta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelishi mumkin - diyetolog
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
22:04 / 23.10.2024