O‘zbekiston | 18:40 / 26.02.2019
13968
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga yangi rais tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi va rais o‘rinbosari tasdiqlandi.
Shu vaqtga qadar «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Faxriddin Atoyevich Boboyevga «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi vazifasini bajarish yuklangan.
Shuningdek, Farxod Xasanovich Nurmuxamedov «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zcharmsanoat» uyushmasining avvalgi raisi Sardor O‘ktamovich Umurzoqov shu yilning yanvarida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.