Jahon | 17:40 / 27.02.2019
6273
1 daqiqa o‘qiladi

Misrning eng katta vokzalida yong‘in: 20 kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab kishilar jarohatlandi

Misr poytaxti Qohira shahrida, Misr temiryo‘llarining eng asosiy vokzali - Ramzes vokzalida kuchli yong‘in ro‘y berishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lib, 40 kishi jarohatlandi.

Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdi platformaga to‘qnashishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan, guvohlarning aytishicha, hududda portlash ovozi ham eshitilgan.

Associated Press nashri shifokorlarga asoslanib xabar qilishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in tezyurar poyezdda ro‘y bergan, Ramzes vokzaliga yetib kelgan poyezdda yoqilg‘i baki portlagan. Voqea joyini qalin tutun qoplab olgan, vokzalga o‘nlab tez yordam mashinalari, qutqaruvchilar hamda o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan.

 

Mavzuga oid