Jahon | 11:50 / 27.02.2019
35192
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Foto: REUTERS

Pokistondan xabar berishlaricha, Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyot Pokiston havo hududida urib tushirilgan.

Bu haqda Press TV xabar tarqatdi.

Foto: AFP

TASS’ning Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofurga asosan xabar qilishicha, «Hindiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari mamlakat havo hududini buzib kirgan».

Foto: REUTERS

Aniqlik kiritilishicha, samolyot uchuvchilaridan biri asirga ham olingan.

Ushbu holat bo‘yicha batafsil tafsilotlar hozircha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashayotgani xabar qilingandi.

26 fevral ertalab Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jayishi Muhammad” guruhining yirik mashg‘ulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida ko‘plab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol va o‘q-dori yo‘q qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bo‘lgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan. 

Mavzuga oid