Tojikiston fuqarosi 34 yildan beri Samarqand nonini saqlab kelmoqda
Tojikistonning Xatlon viloyatilik o‘qituvchi Umarali Zulfov 1985 yilda ish yuzasidan qadimiy Samarqand shahriga tashrif buyuradi. Umarali aka safardan go‘zal taassurotlar hamda kattakon non olib keladi.
Mana 34 yildirki bu non Umarali Zulfovning xonadonida bus-butun va sifati buzilmagan holda saqlanmoqda. U bu nonni Tojikiston boshdan kechirgan og‘ir yillarda, fuqarolik urushi davridagi ocharchilik paytida ham yemagan, deb yozadi "Aziya Plyus".
– Men bu nonni birodar xalqlarimiz do‘stligi ramzi sifatida ehtiyotlab saqlab keldim. Og‘ir kunlarni boshdan kechirdik, 5 nafar farzandlarim ochlikdan non so‘ragan paytlari bo‘ldi, lekin hech kim bu nonni sindirib yeyishni o‘ylagani yo‘q. Har safar bu nonni ko‘rganimda Samarqandda o‘tkazgan ajoyib kunlarimni yodga olaman. Nonni o‘z holicha saqlash uchun vaqti-vaqti bilan kungaboqar yog‘i surib, quyoshga toblab olamiz. Ko‘pchilik bu non 35 yil davomida saqlanganiga ishonmaydi – deydi Umarali aka.
Samarqand nonlari o‘zining beqiyos mazasi, sifati bilan azaldan mashhur. Ular yillab saqlanganda ham toshdek qotib qolishi mumkin, ammo mog‘orlamaydi. Suvda bir ivitib, keyin isitgan holda iste'mol qilaverish mumkin.
Yodingizda bo‘lsa, Kun.uz saytida ham bu mahsulot haqida “Samarqandning mashhur nonlari — uni tayyorlashning siri nimada?” nomli maqola e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
19:32 / 31.10.2024