Video: Toshkentda haydovchi va konduktor pensioner ayolni avtobusdan haydab chiqardi
Internetda avtobus haydovchisi va konduktor yo‘l haqi to‘lamagan pensioner ayolni avtobusdan haydab chiqargani tasvirlangan video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining xabar berishicha, voqea bugun, 1 mart kuni Toshkentda, 51-sonli yo‘lovchi avtobusda sodir bo‘lgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, avtobus haydovchisi transportni to‘xtatgan va pensioner ayoldan pul to‘lashni talab qilgan. Shu bilan birga, yo‘lovchilardan biri keksa ayolning o‘rniga yo‘l haqi to‘lab berish taklifi bilan chiqqan, lekin haydovchi va konduktor uning pulini olishdan bosh tortishadi.
Konduktor pensioner ayolni bir necha bor ko‘rganligi haqida ma'lum qilgan. Oxir-oqibat haydovchi hamda konduktor keksa ayolni avtobusdan haydab chiqargan.
Tegishli tashkilotlar, shu jumladan, «Toshshahartransxizmat» ushbu hodisa bo‘yicha hozircha izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxsga pandusni tushirib bermagan avtobus haydovchilari jazolangandi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024