Nazarboyev yoshlar nimaga o‘rganishi kerakligini aytdi
Instagram'da Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning arxiv intervyusi e'lon qilindi.
Videoda davlat rahbari yoshlarga maslahat bergan.
- Men yoshlarga bir narsani aytmoqchiman. Bugungi o‘sib kelayotgan avlod butun dunyo bo‘ylab ishlaydi. To‘g‘rimi? Yer yuzida qozoqlar bormagan joy bormi? Sen boshqa mamlakatlarga, Afrikaga borsang, o‘z qoidalaringni o‘rnatasanmi? Sen qozoq ekaningni aytasanmi. Va senga Avstraliya, Amerika va Yevropa mamlakatlariga borganingda itoat etishlari kerakmi? Zamonaviy yoshlar - bu dunyo fuqarolari. Shuning uchun, eng kichik yoshdan boshlab har bir insonning huquqlariga rioya etish, uni tushunish va tinglashni o‘rganish kerak. Faqatgina shunda bizni hurmat qilishadi, - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Bundan oldin, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘sib kelayotgan avlodga bir qator maslahatlar bergandi.
Mavzuga oid
18:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024