Sport | 22:49 / 21.03.2019
19001
1 daqiqa o‘qiladi

“Arsenal” futbolchisi masjidga nomaqbul kiyimda kirgani uchun dashnomlarga qoldi

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Denis Suares Kuvaytdagi masjidga borganidan keyin tanqidga uchradi. 25 yoshli futbolchi sevishgan qizi bilan Katta masjidga tashrif buyurgan. Uning tanqidga uchrashiga esa masjidga tizzadan baland bo‘lgan shortiklarda kirgani sabab bo‘lgan. Uning bu ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy OAVda turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. 

Suares “muqaddas joyga hurmatsizlik qilgani uchun” dashnomlarga qolgan. Masjid rahbariyati esa masjidga tashrif buyurishda amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar ham arab, ham ingliz tilida borligini ma'lum qilgan.

Suares “Arsenal”ga joriy yanvarda “Barselona”dan o‘tgandi. U “Barsa” safida 5 ta unvonni qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid