Jahon | 14:19 / 21.03.2019
6467
1 daqiqa o‘qiladi

Minalashtirilganligi haqidagi xabarlardan so‘ng Ermitaj tashrif buyuruvchilar uchun yopildi

Foto: Wikipedia

Davlat Ermitaj muzeyi "minalashtirilganlik" haqidagi xabarlardan so‘ng tashrif buyuruvchilar uchun yopib qo‘yildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, muzeyning bir nechta xodimlari bino minalashtirilganligi haqida elektron pochta orqali xabar olishgan. Muzey xavfsizlik xizmati xodimlari Rosgvardiya bilan hamkorlikda tekshiruv-qidiruv ishlarini o‘tkazishmoqda.

"Muzey barcha tekshiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng ochiladi", - deyiladi Ermitaj xabarida.

Davlat Ermitaji 21 fevral kuni ham "minalashtirilganligi" to‘g‘risidagi xabardan so‘ng yopilgan, ammo xabar yolg‘on bo‘lib chiqqandi.

Mavzuga oid